logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:44
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"Manchester Siti" Keyn o'rniga Vlahovichni sotib olishi mumkin

 19 AVGUST, 14:05 53

.

"Tottenxem" markaziy hujumchisi Xarri Keynni qo'lga kiritish uchun muvaffaqiyatsiz urinishlar bo'lganida, "Manchester Siti" rasmiylari muqobil variantga o'tmoqchi.

RAI Capa va TMW nashri ma'lumotlariga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlahovichni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, 21 yoshli serbiyalik hujumchi "binafshalar" lagerini tark etishga tayyor, uning agentlari esa "Siti" vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Vlahovichning transferi uchun "Man Siti" Florentsiya klubiga qariyb 80 million evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, A Seriyaning o'tgan mavsumida Dushan 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining xizmatlariga shuningdek. "Atletiko" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR