logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:06
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Yaqin vaqt ichida "Arsenal" ikki transferni e'lon qiladi

 19 AVGUST, 13:30 216

.

"Arsenal" "Sheffild Yunayted" darvozaboni Aaron Ramsdeyl va "Real" yarim himoyachisi Martin Edegarni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Birinchi xabar Ispaniyadan keldi, o'shanda Britaniyaning bir nechta mahalliy gazetalari va jurnalistlari "kanonirlar" norvegiyalik yarim himoyachini "qaymoqranglilar"dan 35 million evroga sotib olayotgani haqida xabar berishgan. Martin London klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolamoqchiligi ma'lum bo'lgan.

Bugun esa The Athletic nashri "Arsenal" "Sheffild" posboni Ramsdeylni 24 million funtga sotib olishga rozi bo'lganini xabar qildi. Qo'shimchasiga, "Sheffild" yana 6 million funtlik bonus olishi mumkin.

Manbaning ta'kidlashicha, Aaron 4 + 1 shartnoma imzolaydi va tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va "to'pchilar" futbolchisiga aylanadi.

"Arsenal" Edegor va Ramsdeyl yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi o'yinda ishtirok etishiga ishonishmoqdi (Sababi, norvegiyalik emlangan va uni karantinga qo'yish shart emas, ingliz posboni esa Britaniyada).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR