Kubo «Real» nega yaxshi o'yin ko'rsatmayotganini aytdi
14 SENTYABR, 2024, 00:00
«Real Sosedad» yarim himoyachisi Takefusa Kubo «Real»ga qarshi o'yindan oldin madridliklarning holati haqida gapirdi.
«Real Madrid»ning hujumchilari juda yaxshi va tezkor, ammo menimcha, «Real»ning uchta hujumkor o'yinchisi bir xil pozitsiyada o'ynashni yaxshi ko'radi va shuning uchun ular hozirda eng yaxshi o'yin ko'rsatmayapti», - dedi yaponiyalik vinger ertangi o'yin oldidan.