logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:42
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"Yuventus" amerikalik yarim himoyachisini sotmoqchi

 19 AVGUST, 12:40 68

.

"Yuventus" yarim himoyachi Ueston Makkennini sotmoqchi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio saytida xabar berilgan. Manbaga ko'ra, turinliklar AQSh terma jamoasining 22 yoshli futbolchisiga boshqa chempionatlardan bir nechta taklif olishgan. "Yuventus" "Sassuolo"dan ikki yilga ijaraga olgan Manuel Lokatelli transferi tufayli Makkenni qo'yib yuborish niyatida.

Makkenni ijarasi "Yuventus" ga 4,5 million evroga, to'liq o'tish 18,5 milliony evroga tushdi.
Bundan tashqari, "Shalke" 6,5 million evro bonuslarga umid qilishi mumkin. Amerikalikning
Turin klubi bilan shartnomasi 2025-yilning 30-iyunigacha amal qiladi. Yarim himoyachi
"Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli
uzatma muallifi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR