logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bernardu Manchesterdan ketishni xohlaydi, uning maqsadi jiddiy!

 19 AVGUST, 12:35

Portugaliyalik futbolchi Bernardu Silva «Manchester Siti»ni tark etish haqida o'ylamoqda.

Bu haqda Sports IIIustrated xabar beradi. Yarimhimoyachi Ispaniya chempionatiga o'tishga qiziqmoqda. 27 yoshli futbolchiga da'vogarlar orasida Kataloniyaning «Barselona» va «Atletiko» klublari bor.

«Ko'k-anorranglilar» allaqachon Silvaning transferi borasida muzokara o'tkazgan. Kataloniyaliklar «shaharliklar»ga futbolchilar almashinuvini taklif qilishdi, ammo «Siti» portugaliyalikning to'liq sotiluvidan manfaatdor.

Bernardu «Manchester Siti» sharafini 2017 yil yozidan beri himoya qilib keladi. Uning Angliya chempioni bilan shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Futbolchining transfer qiymati 70 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR