logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

JCh oldidan O'FA prezidenti O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

 13 SENTYABR, 2024, 23:36

14-sentyabr kuni mamlakatimizda futzal bo'yicha Jahon chempionati start oladi. Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov tarixiy mundial oldidan futzal milliy terma jamoasi a'zolari bilan uchrashdi va ushbu turnirning ahamiyati hamda muxlislar tomonidan katta qiziqish va intiqlik bilan kutilayotganini alohida ta'kidladi.

O'FA rahbari shuningdek, yirik turnir mezbonligi katta mas'uliyat ekani, mamlakatimizda jamoaviy sport turlari ham jadallik bilan rivojlanayotgani hamda mundial oldidan Andijon va Buxoro shaharlarida yangi, zamonaviy talablarga javob bera oladigan sport majmualari barpo etilganini e'tirof etdi.

Bosh murabbiy Xose Venansio Lopesning turnir uchun rejalari tinglandi. Ispaniyalik mutaxassis Mundialning mezbon jamoa murabbiyligi uning uchun ham mas'uliyat, ham faxr ekanligini aytib o'tdi. O'z o'rnida, jamoamizning bir qator etakchi futzalchilari ham o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. Barcha shtab a'zolariga tegishli ko'rsatmalar berildi. Abdusalom Abdumavlonovich bo'lajak turnirda jamoamizga omad tiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ