Italiyada EVRO-2032'ni o'tkazishda jiddiy muammolar bor
13 SENTYABR, 2024, 22:42
Italiya EVRO-2032ni Turkiya bilan birgalikda o'tkazishi kutilmoqda.
UEFA direktori Mishel Uva Italiyani stadionlarni tayyorlashdagi jiddiy muammo borligi bilan ogohlantirdi, chunki hozirgacha yagona arena "Alyants Stadium" hisoblanadi.
"Italiyaga EVRO-2032 uchun beshta stadion kerak bo'ladi, loyihalar allaqachon tasdiqlangan va moliyalashtirilgan.
Ayni damda faqat bittasi tayyor xolos, Turindagi stadion. Rimdagi "Olimpiko" stadioniga bir nechta o'zgarishlar kiritish kerak, "San-Siro"da esa vaziyat ancha murakkab.
Mezbonlik huquqi berilganiga bir yil bo'ldi va unchalik oldinga siljish bo'lmadi. Gap faqat turnir uchun zarur bo'lgan beshta stadion haqida emas, chunki Italiya kichikroq klublarga ham sarmoya kiritishi kerak.
Masalan, Turkiyada so'nggi bir necha yil ichida Evro o'yinlariga mezbonlik qiladigan 13 ta yangi stadion qurildi", – dedi Uva.