logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Lokatelli: «Bolalik orzusi amalga oshdi»

 19 AVGUST, 11:10 34

.

Yaqindagina Turinning «Yuventus» klubiga kelib qo'shilgan Manuel Lokatelli ushbu transferga izoh berdi. Eslatib o'tamiz, Manuel yaqin vaqtgacha «Sassuolo»da o'ynagan edi.

"Bolalik orzusi amalga oshdi. Men bu erda bo'lish uchun juda ko'p harakat qildim. Endi tezroq  maydonda bo'lishni va bu buyuk klub tarkibida o'ynashni sabrsizlik bilan kutaman.

«Sassuolo» bilan xayrlashganimda, yig'lab yubordim. Bu klub mening yuragimda abadiy qoladi. U menga avvalo yaxshi odam bo'lishimga katta yordam berdi, shaxsiyatimni shakllantirishga yordam berdi.

Biroq, ba'zida jiddiy qarorlar qabul qilish ham kerak, bu hayot. Ayni dam «Sassuolo» bilan xayrlashib, yangi sahifa ochish uchun to'g'ri vaqt.

Men qiyinchiliklarga tayyorman, ularni engib o'tishga va bundan ham yaxshiroq bo'lishga harakat qilaman»,- deydi Lokatelli.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR