"PSJ"ga transfer taqiqi qo'yilishi mumkin
13 SENTYABR, 2024, 22:06
"PSJ" Kilian Mbappening qarzini to'lamasa, transferlar taqiqlanishi mumkin.
Avvalroq Frantsiya Professional futbol ligasi huquqiy qo'mitasi Parij klubi “Real”ga o'tgan forvardga 55 million evro to'lashni buyurgan edi. Biroq, parijliklar to'lash niyatida emas.
Liga "PSJ"ni Mbappega pul to'lashga majbur qila olmaydi, lekin agar u bu masalani hal qilmasa, klubga sanktsiyalar qo'llashi mumkin. Jazolardan biri transferlarni taqiqlash bo'ladi.
Agar "PSJ" va Mbappe mojaroni hal qilmasa, Kilian pulni olish uchun mehnat tribunaliga murojaat qilishi kerak bo'ladi.