Lunin: "Bu shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun eng yaxshi joy"
13 SENTYABR, 2024, 22:00
Juma kuni "Real Madrid" darvozaboni Andrey Lunin bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.
25 yoshli futbolchi bu borada fikr bildirdi.
"Salom Madridistlar, men “Real” bilan shartnomamni 2030-yilning o'rtalariga qadar uzaytirganimdan juda mamnunman.
Har doimgidek, qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Hala Madrid!" - deya Luninning so'zlarini Madrid Xtra keltirgan.
“Men juda xursandman. Meni bu erda, dunyoning eng yaxshi klubida o'ynayapman, o'zimni uydagidek his qiladigan klubdir. Bu shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun eng yaxshi joy”, — deya qo'shimcha qildi ukrainalik.