logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:51
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Paralimpiyachilarimiz Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga rekord darajada yo'llanmalar qo'lga kiritishdi

 19 AVGUST, 10:45 51

.

Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o'yinlari boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda.

O'zbekistonlik paralimpiyachilar sportimiz tarixida yangi sahifa ochishni hozirdanoq boshlab yuborishdi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Boisi, Paralimpiya sport turlari bo'yicha milliy terma jamoa sportchilari Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlariga har qachongidan ham ko'proq yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi.

Bu bejiz emas, zero yurtboshimiz tomonidan paralimpiyachilarga berilayotgan e'tibor, har bir sportchining jismoniy holatidan kelib chiqqan holda alohida mashg'ulotlarni tashkil etilganligi atletlarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan yo'llanmalar soni 55 taga etishini ta'minladi.

Shu tariqa Paralimpiya o'yinlarida ilk bor 8 sport turida, 48 sportchi bilan 55 ta yo'llanmaga ega chiqdik.

Yo'llanma olgan sportchilar sport turlari kesimida:

Para-engil atletika

1. Husniddin Norbekov (disk uloqtirish)
2. Boburjon Omonov (yadro uloqtirish)
3. Bekjon Chevarov (uzunlikka sakrash)
4. Temurbek Giyazov (nayza uloqtirish)
5. Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish)
6. Doniyor Saliev (uzunlikga sakrash)
7. Elbek Sultonov (yadro uloqtirish)
8. Izzat Turg'unov (uzunlikga sakrash)
9. Sabina Suxanova (100 m. yugurish)
10. Sabina Suxanova (200 m. yugurish)
11. Nozimaxon Qayumova (nayza uloqtirish)
12. Dilafruzxon Axmadxonova (yadro uloqtirish)
13. Mohigul Xamdamova (disk uloqtirish)
14. Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish)
15. Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish)
16. Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)
17. Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish)
18. Yoqutxon Xolbekova (uzunlikka sakrash)
19. Yorqin Odilov (nayza uloqtirish)

Para-suzish

1. Islam Aslanov (50 m erkin)
2. Islam Aslanov (100 m batterflyay)
3. Dmitriy Xorlin (50 m erkin)
4. Firdavsbek Musabekov (100 m brass)
5. Firdavsbek Musabekov (200 m kompleks)
6. Muzaffar Tursunxo'jaev (50 m erkin)
7. Muzaffar Tursunxo'jaev (100 m batterflyay)
8. Shoxsanamxon Toshpo'latova (50 m erkin)
9. Shoxsanamxon Toshpo'latova (100 m batterflyay)
10. Shoxsanamxon Toshpo'latova (200 m kompleks)
11. Nigoraxon Mirzoxidova (100 m baterflyay)
12. Muslima Odilova (50 m erkin)

Para-dzyudo

1. Sherzod Namozov (-60 kg)
2. Uchqun Quronboev (-66 kg)
3. Feruz Sayidov (-73 kg)
4. Dovurxon Karomatov (-81 kg)
5. Shuhrat Boboev (-90 kg)
6. Sharif Halilov (-100 kg)
7. Shirin Sharipov (+100 kg)
8. Lobar Xurramova (-48kg)
9. Sevinch Salaeva (-52 kg)
10. Parvina Samandarova (-58 kg)
11. Nafisa Sheripboeva (-63 kg)
12. Vasila Aliboeva (-70 kg)

Para-kanoe

1. Azizbek Abdulhabibov (200 m)
2. Hayitmurod Sherqo'ziev (200 m)
3.Shahnoza Mirzaeva (200 m)

Para-taekvondo

1. Zuxriddin Tohirov (- 61 kg)
2. Ziyodaxon Isaqova (- 49 kg)
3. Guljanoy Naimova (+ 58 kg)

Para-pauerlifting

1. Ro'za Qo'zieva (-61 kg)
2. Farhod Umrzoqov (-88 kg)
3. Nuriddin Davlatov (-107 kg)

Para-akademik eshkak eshish

1. Feruza Bo'riboeva (2000 m)
2. Otabek Qo'chqorov (2000 m)

Para-o'q otish

1.Server Ibragimov (50 m pistolet)

Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5-sentyabriga qadar bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR