logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Klopp jamoa hujumiga yangi qon kerak deb hisoblaydi

 19 AVGUST, 10:40 70

.

«Liverpul» klubi «Uotford» hujumchisi Ismaila Sarr xaridi uchun tayyorgarlik ko'rmoqda. «The Express» nashri xabariga ko'ra, Sarr hozirgi klubiga jamoadan ketmoqchiligini aytgan. Bu esa Yurgen Klopp tarkibi uchun katta foyda keltirishi mumkin.

Hozirda mersisaydliklarning har uchala hujumchisi, Mane, Salah hamda Firminolar yoshi 30 atrofida. Sarr transferi esa klub kelajagi uchun yaxshi sarmoya bo'ladi. Uni  Shakiri hamda Origi  o'rniga munsosib nomzod ham deyish mumkin.

23 yoshli strayker o'tgan yili Chempionshipda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol hamda 10 ta assist muallifiga aylangan. Futbolchi 40 million funt atrofida baholanishi mumkin.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR