logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Pedro "Roma"ni tark etishi mumkin

 19 AVGUST, 10:40

"Roma" vingeri Pedro jamoani tark etishga yaqin turibdi.

Il Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatini "Latsio"da davom ettiradi.

Qayd etilishicha, Pedro "burgutlar"ga tekinga o'tadi, ammo shartnomada futbolchining o'yiniga qarab bonuslar yoziladi. Bundan tashqari, futbolchi maoshini qisqartirishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Pedro A Seriyada 40 o'yinda maydonga tushib, 6 gol va 4 golli uzatma muallifi bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR