logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Superliga. “So'g'diyona” “Qizilqum” bilan durang o'ynadi

 13 SENTYABR, 2024, 21:42

Futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining 18-tur o'yinlari 13 sentyabr, juma kuni start oldi.

Yangi tur “Qizilqum” va “So'g'diyona”ning bahsi bilan boshlandi. Birinchi bo'limda jamoalar darvoza tomon yo'l topa olmadi.

Ikkinchi bo'limda ham tomoshabinlar xavfli vaziyatlarga guvoh bo'ldi. 73-daqiqaga kelib, navoiyliklar hisobni ochdi. Muhammadali G'iyosov o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

O'yin yakunida, hakam qo'shib bergan daqiqalarda esa Dorievning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Oleg Zoteev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi va hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa uchrashuv durang natija bilan yakunlandi(1:1).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ