WBO Rossiya boksidan sanktsiyani olib tashlashga yaqin
13 SENTYABR, 2024, 21:42
RCC Boxing Promotions kompaniyasi rahbari German Titovning aytishicha, WBO Rossiya boksidan sanktsiyani olib tashlashga yaqin."Men WBA kongressiga bordim, Rossiyadan sanktsiyalarni olib tashlanishiga erishdim, keyin esa IBFdan ham shunday natija bo'ldi. Nima bo'ldi?
Bizda WBAning ikkita turniri bo'ldi. Yaqinda Chelyabinskda esa WBA va IBF turnirlari bo'lib o'tdi. Buni katta natija deb hisoblayman.
Umid qilamanki, yaqin orada WBO ham sanktsiyalarni olib tashlaydi. Kuzda Puerto-Rikodagi kongressga borib, masalani hal qilishga harakat qilaman", - dedi Titov.