Mareska: "Jekson to'p bilan ham, to'psiz ham yaxshi ishlaydi"
13 SENTYABR, 2024, 19:06
Juma kuni "Chelsi" hujumchi Nikolas Jekson bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.
London jamoasi bosh murabbiyi Entso Mareska bu borada fikr bildirdi.
"U juda xursand, chunki uning ishlari yaxshi ketmoqda. Jekson har doim gol uradigan futbolchilardan biridir.
Mavsumning dastlabki uchta o'yinida u gol urdi va jamoadoshlariga assistentlik qildi. U to'p bilan ham, to'psiz ham yaxshi ishlaydi.
Biz Nikodan juda xursandmiz", - dedi Mareska matbuot anjumanida.