logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:40
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Nukusda velosport bo'yicha mamlakat chempionatiga start berildi

 19 AVGUST, 08:35

Kecha Qoraqalpog'iston Respublikasida velosport bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi.

Unda 2007-2008 yillarda tug'ilgan yoshlar g'oliblik uchun bahs olib borishoqda. Musobaqada Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin yosh velopoygachilar o'z mahoratlarini namoyish etishmoqda.

Reglamentga ko'ra, kechagi kun dasturida sportchilar 5 km masofaga shaxsiy poyga bo'yicha yakkalik bellashuvlarini o'tkazishdi.

Qiziqarli kechgan bahsda g'oliblik mezbon jamoa vakili Beksultan Kurbaniyazovga nasib etdi. Ikkinchi natijani Milliy gvardiya qoshidagi «Dinamo» klubi vakili Nursultan Tursunov qayd etgan bo'lsa, kuchli uchlikni Nikita Eremov yakunlab berdi.

Ta'kidlash joiz, ushbu chempionatni Nukusda o'tkazishdan maqsad Respublikamizning barcha hududlarida sport targ'ibotini yanada kuchaytirishdir.

Qoraqalpog'iston esa sal kam 40 yil ichida ilk bor ushbu sport turidagi Respublika chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR