logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Dibala faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin

 13 SENTYABR, 2024, 18:30

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala "Atletiko Madrid"ning radarida qolmoqda. Todofichajes portalining xabar berishicha, argentinalik futbolchi keyingi yozda Madrid klubining nishoniga aylanadi.

Dibalaga Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubi ham qiziqish bildirmoqda, ammo argentinalik futbolchi pul quvib emas, sovrinlar uchun kurashishga qodir jamoada bo'lishni afzal ko'rmoqda.

O'tgan yozda "Atletiko" Dibalani qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqdi, ammo futbolchining maoshi yuqori bo'lgani uchun kelishuv amalga oshmadi.

Qayd etilishicha, Paulo Dibala "Atletiko"ning hujum chizig'ida Antuan Grizmanning o'rnini egallashi mumkin. Frantsiyalik futbolchi kelasi yozda MLSga ketishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ