«Real Sosedad» etakchisi «Real»ga qarshi o'yinda ishtirok etadi
13 SENTYABR, 2024, 18:06
«Real Sosedad» yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal Ispaniya terma jamoasida olgan kichik jarohatini davolashga muvaffaq bo'ldi, deya xabar berdi «Marca».
27 yoshli futbolchi Serbiya bilan o'yinning 35-daqiqasida almashtirilgan edi. Manbaga ko'ra, futbolchi ertaga bo'lib o'tadigan La Liga doirasidagi «Real Sosedad» - «Real» uchrashuviga to'liq tayyor.