Gvardiola Akening jarohat olganidan jahli chiqdi
13 SENTYABR, 2024, 17:48
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola himoyachi Natan Ake Niderlandiya terma jamoasi safida olgan jarohati haqida gapirdi.
Gvardiolaning fikricha, Ake oktyabr oyidagi navbatdagi xalqaro tanaffusgacha maydonga tusha olmaydi.
«Bizga yana Natan bilan omad kulib boqmadi - u har safar Niderlandiya terma jamoasiga borganida, u jarohat bilan qaytadi», - deb nolidi ispaniyalik mutaxassis «Brentford» bilan o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.