logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Rezina tana mashg'ulot uskunasi! (new)
Новостная лента

"Paxtakor" hamda "Neftchi" o'rtasidagi bahs oldidan hakamlikka oid muhim ma'lumotlar bilan tanishing

 13 SENTYABR, 2024, 17:18

"Neftchi" bugun Superliganing 18-turida "Paxtakor" mehmoni bo'ladi. Chempionat tarixiga nazar solsak, ushbu jamoalar o'zaro 59 to'qnashuvda ishtirok etgan (28 g'alaba toshkentliklarda, 22 g'alaba farg'onaliklarda va 9 durang). Mavsumning birinchi davrasidagi bahsda esa Asker Najafaliev ish olib borgan va unda "sherlar" 0:2 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan.

Bu klublar o'rtasida eng ko'p bosh hakamlik qilgan sifatida Noil Lutfullinni aytish mumkin. Sobiq referi 11 marta bu jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni boshqarib borgan. U ishlagan bahslarda o'rtacha 3,1 tadan gol urilgan.

Bugungi uchrashuvda esa Timur To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar jamoasi ishlashi ko'zda tutilgan. U ilk bor mazkur klublar o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ