"Galatasaroy" bugun Raboni qo'lga kiritish uchun so'nggi bor urunib ko'radi
13 SENTYABR, 2024, 16:54
Yarim himoyachi Adrien Rabo faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Fanatic.
Manbaning xabariga ko'ra, 29 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Galatasaroy" da'vogarlik qilmoqda. Istanbulliklar futbolchini transfer oynasining so'nggi kunida qo'lga kiritmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 18 iyul kuni “Yuventus” yarim himoyachining shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan jamoani tark etishini e'lon qilgandi.