"Real" Bellingem uchun 10 million evro bonus to'laydi
13 SENTYABR, 2024, 16:48
Dortmundning “Borussiya” klubi “Real”dan Jud Bellingem uchun bonus oladi.
Angliyalik yarim himoyachi o'tgan yozda Madrid klubiga 31 million evro bonusdan tashqari 103 million evro evaziga qo'shilgan edi. Xabar qilinishicha, barcha transfer to'lovlari 6 yil davomida taqsimlanadi.
Bild xabariga ko'ra, bonuslarning bir qismi o'tgan mavsumda "Real Madrid" Chempionlar ligasi va La Ligada g'olib chiqqanidan keyin faollashtirilgan. Buning uchun Dortmund klubi taxminan 10 million evro oladi.