Xau Tonali haqida gapirdi
13 SENTYABR, 2024, 15:48
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau yarim himoyachi Sandro Tonalining holati haqida gapirdi. Sentyabrda Tonali Italiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi ikkita o'yinida 90 daqiqa maydonga tushdi.
"O'ylaymanki, terma jamoada o'ynash Tonaliga foyda keltirdi. U yaxshi o'ynadi va g'olib jamoa a'zosi edi. Bu Sandro uchun juda yaxshi bo'ldi. Ishonchim komilki, hozir uning ahvoli yaxshi. Bu uning qaytishining dastlabki haftalari va biz uning mavjudligidan xursandmiz", dedi Xau matbuot anjumanida.
"Nyukasl" Premer-ligadagi navbatdagi o'yinini 15 sentyabr, yakshanba kuni "Vulverxempton"ga qarshi o'tkazadi.