logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:04
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Toni Kross Mbappe "Real"ga kelishi mumkinligiga ishora qildi, Bunga sabab - Messi

 18 AVGUST, 17:20 156

.

"Real" yarimhimoyachisi Toni Kross Lionel Messining "PSJ"ga o'tishi "Real" uchun nimani anglatishi haqida gapirar fikr bildirdi.
"Keling, hammasi qanday amalga oshishini ko'rib chiqaylik.
Balki bu transfer biz uchun yaxshi bo'lar, chunki asosiy raqibimiz ("Barselona") eng yaxshi o'yinchisini yo'qotgan.

Va, ehtimol, bundan ham yaxshiroq narsalar bundan chiqadi. Balki "Real"ga mazkur transfer sabab Parijdan bir futbolchi bizga o'tishi mumkin.

Agar bu (Mbappe "Real" ga o'tishi) ro'y bersa, ehtimol, Messi bilan bo'lgan bu kelishuv, biz uchun yaxshilik bilan tugashi mumkin", - deya qo'shimcha qildi Kroos.

Mbappening shartnomani uzaytirishi bilan bog'liq vaziyat yaqinda "Park de Prens"da shov-shuvga sabab bo'ldi.

22 yoshli futbolchi "Strasburg"ga qarshi o'yinda o'zining ajoyib o'yinini ko'rsatganiga qaramay, "PSJ" muxlislari tomonidan tanqidlarga uchragan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR