logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Balotelli A Seriyaga qaytish istagini bildirdi

 13 SENTYABR, 2024, 14:42

"Milan", "Inter" va boshqa ko'plab Evropa klublarining sobiq hujumchisi Mario Balotelli Italiya A Seriyasiga qaytish istagini bildirdi.

"Mashg'ulot o'tkazyapman, yaxshi ishlayapman. Men kelajagim haqida xotirjamman. Faqat shuni aytmoqchimanki, menga xorijdan takliflar bo'lgan. Lekin menda Italiyaga qaytish istagi bor. Buni kutganman va shunday imkoniyat paydo bo'lishiga umid qilaman. Men tayyorman", - deydi Balotelli.

Balotellining so'nggi klubi Turkiyaning “Adana Demirspor” klubi bo'lgan. Italiyalik hujumchi endi erkin agent hisoblanadi. Futbolchi Turkiya Superligasining o'tgan mavsumida 16 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ