"Devis kubogi". Sergey Fomin ilk uchrashuvda imkoniyatni boy berdi
13 SENTYABR, 2024, 14:16
Xabar berganimizdek, bugun Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasi tennis kortlarida "Devis kubogi"dan o'rin olgan O'zbekiston - Estoniya o'yini boshlandi.Mazkur qarama-qarshilikning ilk to'qnashuvida Sergey Fomin (537) raqiblarning birinchi raketkasi Mark Layalga qarshi (224) kortga chiqdi.
2 soat 47 daqiqa davom etgan o'yinda Fomin 4:6, 6:4, 6:7 (6:8) hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Afsuski Fomin tay-brekda 5:1 hisobida oldinda borayotib, g'alabaga juda yaqin kelgandi. Lekin yakunda imkoniyat boy berildi.
Endi birozdan so'ng birinchi raketkamiz Humoyun Sultonov Kristian Tammga qarshi kortga chiqadi.
Manba: olamsport.com