logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Joze Mourino Eldor Shomurodov haqida nimalar dedi?

 18 AVGUST, 14:00 161

.

“Roma” futbol jamoasi bosh murabbiysi Joze Mourino klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida o'zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni tilga oldi. U Eldorning transferi va o'yini haqida o'z fikrini bildirdi.

Mourino “Betis” bilan bo'lib o'tgan o'yin haqida gapirar ekan, Eldorning yaxshi o'yin ko'rsatganini ta'kidladi:

«Menimcha, biz 50-55 daqiqa yaxshi o'ynadik, yaxshi raqobat uyushtira oldik. Eldor Shomurodov ikki kun avval jamoaga etib kelganiga qaramay, yaxshi o'ynadi. U bizda qanday futbolchi bor ekanini ko'rsatib berdi. Keyin esa hammasi yomon yakunlandi”.

Jurnalistning “Siz Rui Patrisio va Eldor Shomurodov bilan ishlashga qaror qildingiz. Sizningcha, ular “Roma”ga nima bera oladi”, degan savoliga ham bunday javob qaytardi:

"Juda ko'p narsa. Qarang, transfer oynasi men tasavvur qilganimdan biroz farq qildi. Men rahbariyatga va bosh menejerga jamoa haqida qanday fikrda ekanligimni va jamoamning dastlabki bosqichini qanday ko'rishimni aytdim.... O'ylaymanki, klub yaxshi ishlayapti. Klubga biz amalga oshirgan transferlar uchun minnatdorchilik bildirishim kerak. Eldor bilan shartnoma tuzdik. Chunki bizga biroz harakatchanlik, biroz tezlik, xujumda uyushqoqlik kerak edi. Biz bundan juda mamnunmiz".

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR