logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Atletiko" Tokio olimpiadasi sovrindorini sotib olishga yaqin

 18 AVGUST, 13:45

"Vulverxempton"ga tegishli ispaniyalik hujumchi Rafa Mir o'z uyiga qaytishga yaqin turibdi.
"Atletiko Madrid" Tokio Olimpiadasining kumush medal sovrindori bilan shartnoma
imzolamoqchi, deb yozadi Football Insider nashri.

Ayni paytda tomonlar transfer shartlarini muhokama qilishmoqda. "Matraschilar" ijara variantini ham, 24 yoshli ijrochining to'laqonli transferini ham ko'rib chiqishga tayyor. "Bo'rilar" o'z navbatida Mirning sotuvidan 20 million evroga yaqin mablag' foyda olishni mo'ljallamoqda.

O'tgan mavsumda Rafa "Ueska"da ijarada o'ynagan. Hujumchi La Liganing 38 o'yinida 13 ta gol urdi (ikkitasi penaltidan) va assistentlik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR