«Bayer» himoyachisi qishda grand klubga o'tib ketishi mumkin
13 SENTYABR, 2024, 12:36
Leverkuzenning «Bayer» klubi himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini Evropaning boshqa top klubida davom ettirishi mumkin.
«Sky Sport» xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Liverpul» Jonatan Tani qishda arzon narxga yoki yozda erkin agent sifatida sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi yaqinda «dorishunoslar» bilan yangi shartnoma imzolamasligini e'lon qilgandi.