logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:37
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"Sheffild" ustozi klub darvozaboni haqida gapirdi

 18 AVGUST, 11:15 26

.

"Sheffild Yunayted" klubi bosh murabbiyi Slavisa Yokanovich Aron Ramsdeylni "Arsenal"ga o'tishni istaganini tan oldi. London klubi menejeri Mikel Arteta butun yoz davomida Ramsdeyl uchun taklif berishga tirishgan edi.

U Bernd Leno uchun kuchli raqobat muhiti yaratmoqchi bo'lgan. Ammo Chempionship vakili darvozaboni uchun 30 million funtdan baland narx qo'ygani uchun "Arsenal"  shashtidan qaytgan. 23 yoshli Angliya terma jamoasi a'zosi haqida "tig'chilar" ustozi shunday deydi:

"Men Aron bilan gaplashganimda u Londonga o'tishni istayotganini aytgan edi. Buni tabiiy qabul qilaman. Istalgan quyi liga futbolchisi APLda o'ynashni xohlaydi. Lekin vaziyat o'zgardi. Agar "Arsenal" haqiqatdan ham ushbu transferni istaganida biz so'ragan pulni berar edi. Shaxsan o'zim Ramsdeylni 100 million funtga ham sotmagan bo'lar edim. Men uni jamoamizda bo'lishini istayman".

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR