logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

"Arsenal" tarbiyalanuvchisi 2 yoshli bolani urgani uchun 14 yilga qamaldi

 13 SENTYABR, 2024, 11:42

“Arsenal” klubi akademiyasi bitiruvchisi Kirnan Xyuz-Meyson bolaga qasddan og'ir tan jarohati etkazish va shafqatsiz munosabatda bo'lgani uchun 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda BBC.

32 yoshli sobiq futbolchiga hukm Bezildon qirollik sudida (Angliyaning Esseks shahri) chiqarilgan.

2020 yil yanvar oyida Xyuz-Meyson o'sha paytdagi sevgilisining 2 yoshli qizi uchun tez yordam chaqirdi. Sportchi qizni hushsiz holatda topganini aytgan. Mutaxassislarning xulosasiga ko'ra, bola olgan jarohatlar tasodifiy bo'lishi mumkin emas. Shifokorlar uning jarohatlarini yuqori tezlikda urilgan mashina yoki katta balandlikdan yiqilish oqibatida olingan jarohat bilan tenglashtirgan.

Sud jarayonida Xyuz-Meyson do'stlariga qiz uni bezovta qilayotganidan shikoyat qilib, uni urishni xohlayotgani haqida xabarlar yuborgani aniq bo'ldi. 

Bola erkakning hujumidan omon qolishga muvaffaq bo'lgan, ammo endi u doimiy muolajalarga muhtoj.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ