«Borussiya»ning sobiq futbolchisi Turkiyaga ko'chib o'tdi
13 SENTYABR, 2024, 10:54
Niko Shults "Ankaragyudjyu" klubiga ko'chib o'tdi.
31 yoshli himoyachi Turkiya 2-divizioni klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Nemis futbolchisi 2022-yil avgust oyidan beri rasmiy o'yinda maydonga tushmadi, o'shanda u oilaviy zo'ravonlikda ayblangandi.
Shultsning sobiq sevgilisi, voqeadan ikki hafta oldin uning oshqozoniga tepganini aytgandi.
2023 yilning iyulida Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.