Dovbik umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
13 SENTYABR, 2024, 08:36
“Roma” hujumchisi Artyom Dovbik mushaklaridagi jarohatdan forig' bo'lib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
27 yoshli ukrainalik futbolchi A Seriyaning 4-turida 15 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan "Jenoa" jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor.
Artyom “Roma” safida 3 ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.