Evropa ligasi g'olibi Bundesliga klubiga o'tdi
13 SENTYABR, 2024, 08:24
Bundesliganing bir qator klublarining sobiq himoyachisi Kristofer Lents “Xoffenxaym” bilan shartnoma imzoladi.
Lents "RB Leyptsig" bilan kelishuvi tugaganidan keyin uzoq vaqt shartnomasiz qoldi.
“Xoffenxaym” sport direktori Frenk Kramer nima uchun klub futbolchini o'z safiga qo'shishga qaror qilganini tushuntirdi.
“Kristofer - Bundesliganing tajribali futbolchisi, u ham markaziy himoyachi, ham chap qanot himoyachisi sifatida o'ynay oladi.
Oldinda bizni ko'plab o'yinlar kutib turibdi, jarohatlar haqida ham unutmasligimiz kerak. Bunday futbolchi albatta klubimizga yordam bera oladi", - deya Kramerning so'zlarini keltiradi «Xoffenxaym» matbuot xizmati.
Lents Bundesligada 98 ta o'yin o'tkazgan. U "Union"ga mamlakatning asosiy ligasiga chiqishga yordam berdi va "Ayntraxt" bilan Evropa ligasida g'olib chiqdi.