"Inter" faxriy futbolchilariga o'rinbosar topdi
13 SENTYABR, 2024, 07:54
Milanning "Inter" jamoasi keyingi yili markaziy himoya chizig'ini yoshartirishni rejalashtirmoqda.
Franchesko Acherbi fevral oyida 37 yoshga to'ladi, Stefan de Vrey esa o'sha oyda o'zining 33 yoshini nishonlaydi.
FcInterNews xabariga ko'ra, "neradzurrilar" rahbariyati faxriylardan birini "Atalanta" a'zosi yosh Jorjio Skalvini bilan almashtirmoqchi.
Bergamo klubi markaziy himoyachisi o'tgan mavsum oxirida xochsimon paylarini shikastlab olgan edi.
Endi u jarohatidan hozirda davolanmoqda. Aynan mana shu jarohat futbolchining Evro-2024da o'ynashiga to'sqinlik qildi.