"Liverpul" sardorini jamoada olib qolmoqchi
13 SENTYABR, 2024, 07:12
"Liverpul" sardori Virjil van Deykning shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Niderlandiyalik futbolchi agar shu vaqtgacha “qizillar” bilan shartnoma imzolamasa, kelasi yozda erkin agentga aylanadi.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" yaqin haftalar yoki oylarda markaziy himoyachisi bilan muzokaralar olib boradi.
Shuningdek, 33 yoshli futbolchi boshqa klublar bilan aloqada emasligi va ketish niyatida emasligi ham qayd etilgan.