Karvaxal - "Real"dagi kelajagi haqida: "Men Evropaning boshqa klubida o'ynamayman"
13 SENTYABR, 2024, 05:54
"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal Evropaning boshqa klubiga o'tish niyati yo'qligini aytdi.
32 yoshli futbolchining "Los-Blankos" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Keng tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, "Real Madrid" ispaniyalik bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan.
“Men shartnomamni uzaytirmoqchiman. Men buni doim xohlaganman. "Real Madrid"ga hurmatim tufayli boshqa Evropa klubida o'ynamayman", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Madrid Zone.