logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Rezina tana mashg'ulot uskunasi! (new)
Новостная лента

"Real Madrid" 17 yoshli futbolchining yangi shartnomasiga 50 million evro tovon puli kiritadi

 13 SENTYABR, 2024, 05:48

Madridning “Real” klubi markaziy himoyachi Joan Martines bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Avval xabar qilinganidek, "Los-Blankos" 17 yoshli futbolchining kelasi yilgacha futboldan chetda qolgan jiddiy jarohatiga qaramay, uning istiqboliga ishonadi. Jurnalist Mario Kortejananing xabar berishicha, Martines bilan 3 yillik shartnoma tuziladi. Markaziy himoyachining maoshi sezilarli darajada oshadi, tovon puli 50 million evroni tashkil qiladi. Tomonlar allaqachon kelishuv shartlarini kelishib olishgan.

Joan Martines yozda kasalxonaga yotqizilgan edi. Mavsum oldi mashg'ulotlarida u "Real Madrid" asosiy jamoasi yig'inida ishtirok etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ