logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

«PSJ» Mbappega 8 kun ichida 55 million evroni to'lashni boshlashi kerak

 12 SENTYABR, 2024, 21:54

«PSJ» Kilian Mbappe oldidagi qarzni to'lashga majbur qilinmoqda.

Oldinroq yozda «Real»ga o'tgan hujumchi shartnomasining so'nggi 3 oyi uchun «PSJ»dan soliqlar oldidan 55 million evro talab qilayotgani ma'lum bo'lgandi. Bu miqdor to'lanmagan ish haqi va bonuslarni anglatadi.

Kuni kecha Frantsiya Professional Futbol Ligasi (LFP) yuridik qo'mitasi tomonlarni qarzdorlik masalasini suddan tashqari hal qilishga chaqirdi. Futbolchi rad javobini berdi va klub qarzni to'lashi kerakligini so'rab turib oldi.

Bugun LFP Mbappe tomonini oldi va Parij klubini sakkiz kun ichida qarzni to'lashni boshlashni buyurdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ