Rafael Fiziev shu yil jang qilmoqchi
12 SENTYABR, 2024, 19:32
31 yoshli UFC jangchisi Rafael Fiziev shu yil oxirigacha jang o'tkazmoqchi.Ayni paytda u 2023 yilning sentyabr oyida Mateush Gamrot bilan jangda olingan jarohatdan so'ng tiklanmoqda.
"Tiklanish yaxshi o'tmoqda. Jangdan so'ng meni darxol operaciya qilishgandi. Deyarli bir yil o'tdi va tizzamda barchasi joyida. Barchasi reja bo'yicha. O'zimni yaxshi his qilyapman.
Qaytishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Umid qilamanki, yangi yilgacha qaytaman. Men shug'ullandim, sparringlar o'tkazmoqdaman, zaldagi boshqa sportchilar kabi o'z dasturim bilan shug'ullanyapman. Top jangchilarga - Beneil Dariush yoki Den Xuker bilan jangga tayyorman", - dedi Fiziev.
Manba: olamsport.com