Niderlandiya terma jamoasi futzalchisi: "O'zbekiston va Niderlandiyaning darajasi deyarli teng"
12 SENTYABR, 2024, 19:16
Niderlandiya futzal terma jamoasi azosi Jordani Martinus terma jamoa mashg'ulotlaridan birida saytimizga intervyu berdi.- Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Tayyorgarlik jarayoni qanday kechmoqda?
- Biz uzoq masofa bosib bu erda etib keldik. Dastlabki raqibimiz bilan kuchlarimiz deyarli teng deb o'ylayman. O'zbekiston terma jamoasi so'nggi Osiyo chempionatida juda yaxshi ishtirok etgandi. Biz esa Finlyandiyani mag'lub etib, mundialga yo'l oldik. Dastlabki uchrashuvdan ko'p narsani kutmoqdaman.
- Guruhdagi qolgan raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz?
- Mening fikrimcha, Paragvay terma jamoasi guruhdagi eng kuchli jamoa. O'zbekiston va Niderlandiyaning darajasi deyarli bir xil deb o'ylayman, lekin barchasini o'yin vaqtida hal bo'ladi va o'yindan oldingi fikrlar shunchaki taxmin xolos.
- Niderlandiya terma jamoasining mundialda o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ygan?
- Birinchi navbatda Jahon chempionatiga chiqa olganimiz yaxshi natija hisoblanadi. Mundialda guruhdan chiqa olsak, ajoyib natija bo'ladi.
- O'zbekiston terma jamoasini o'rganib chiqdingizmi?
- Ha, bosh murabbiyimiz raqib bizga qarshi kuchli tayyorgarlik ko'rayotganini aytib o'tdi. Biz ham O'zbekistonni tahlil qilib chiqyapmiz.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
Manba: olamsport.com