De Bryuyne «Siti»da sardorlik bog'ichidan voz kechdi
12 SENTYABR, 2024, 18:42
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne klubda sardorlik bog'ichini taqishdan bosh tortdi. Belgiyalik futbolchi bor e'tiborini o'yinga qaratishni va futbol maydonida qo'shimcha vazifalarni o'z zimmasiga olmaslikni afzal ko'radi.
"The Athletic" xabariga ko'ra, De Bryuyne sardor bo'lishda unchalik yaxshi emasligini biladi. Misol uchun, belgiyalik maydonda kerakli vaqtda kerakli so'zlarni topishga qiyinaladi.
Aytish joizki, Kevin De Bryuyne maydonda ba'zida hissiyotlarga berilib ketadi. Bir kuni futbolchi hattoki «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiolani «jim bo'lishga» chaqirgandi.