logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidentlik uchun bazi nomzodlarni qabul qilmayapti

 12 SENTYABR, 2024, 16:48

Xalqaro Engil atletika federaciyasi prezidenti Sebastyan Kouning XOQ prezidenti bo'lish uchun topshirgan arizasi rad etilishi mumkin.

Bu XOQning saylovlarga joriy qilgan yangi qoidalariga bog'liq. Yangi qoidalarga ko'ra, XOQ rahbari saylov kuni va vakolatga ega bo'lgan muddatda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi azosi bo'lishi lozim.

Hozirda Kou World Athletics prezidenti sifatida XOQ Ijroqo'mi azosi hisoblanadi. Biroq u 2027 yilda Engil atletika federaciyasi prezidentligidan ketishi lozim. 

Boshqa bir nomzod - 65 yoshli Xuan Antonio Samaranchga esa yosh cheklovlari halal berishi mumkin. 

XOQning hozirgi prezidenti Tomas Bax yangi muddatga saylanmasligini va 2025 yil vakolati tugashi bilan ketishini malum qilgandi. Tashkilot rahbarligi uchun saylov 2025 yili o'tkaziladi. 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ