Xamann: "Musiala ko'pincha yolg'iz harakat qilishga intiladi"
12 SENTYABR, 2024, 16:36
Mashhur sobiq futbolchi Ditmar Xamann "Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Jamol Musiala haqida gapirdi.
Xamanning so'zlariga ko'ra, Musiala o'yinni juda tez boshqaradi.
"Musiala individualist, u ko'pincha yolg'iz harakat qilishga intiladi. Agar u to'pni o'n marta qabul qilsa, to'qqiztasida boshini pastga tushirib, driblingni boshlaydi.
"Bavariya" nuqtayi nazaridan, agar Musialani Virtsga almashtira olsam, buni ertaga qilgan bo'lardim", - deya Xamanning so'zlarini keltirmoqda Bulinews.