Gavi mashg'ulotlarga qaytdi
12 SENTYABR, 2024, 15:36
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Gavi uzoq vaqtdan so'ng umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni davom ettirdi.
Bu haqda taniqli italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning noyabr oyida Gavi tizzasidan jarohat olib, mavsumning qolgan qismini va Evro-2024ni o'tkazib yuborgan edi.