Futzal. JCh. Niderlandiyaga qarshi bahsni terma jamoamiz qanday libosda o'tkazadi?
12 SENTYABR, 2024, 15:36
O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvda oq libosda maydonga tushadi.
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi milliy jamoamiz 14-sentyabr kuni Niderlandiyaga qarshi o'yin bilan 2024-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.
Mazkur uchrashuvda futzalchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qiladi.