«Manchester Siti» ishi bo'yicha sud majlisi qachon bo'lib o'tishi ma'lum!
12 SENTYABR, 2024, 15:30
"Manchester Siti" 2023-yilning fevralida Premer-liganing moliyaviy qoidalarini 115 marta buzganlikda ayblangan edi.
Ishning hajmini hisobga olsak, sud jarayoni juda uzoq davom etadi.
Hozircha bu ish tinglovga ham etib bormagan. Transfer News Live nashrining xabar berishicha, «Manchester Siti» ishi bo'yicha sud majlislari kelasi dushanba kuni boshlanadi.
Aytish joizki, bu ish bo'yicha hukm yaqin orada chiqmasligi aniq.
Avvalroq matbuotda sud jarayoni natijasida "shaharliklar" duch kelishi mumkin bo'lgan turli jazolar haqida yozilgan edi.
Bu hatto «Manchester Siti»ni Angliya Premer-ligasidan chiqarib yuborishgacha ham borishi mumkin.