"Borussiya" "Barselona"dan to'liq pulni undirdi
12 SENTYABR, 2024, 15:24
Sport Bild xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" klubi Usmon Dembele uchun "Barselona"dan 148 million evro pulni to'liq undirib bo'lgan.
Qanot futbolchisi Dortmundga 2016 yilda "Renn"dan 35 million evro evaziga kelib qo'shilgan va atigi bir mavsumni Bundesligada o'tkazgan va 2017 yilning yozida 105 million evro evaziga "Barselona"ga qo'shilgan edi.
Dortmundliklar Dembelening "Barselona"ga o'tishi bilan 42 million evro miqdoridagi bonuslar bo'yicha muzokara olib borgandi va endi bu bonuslar to'liq undirildi.