"Man Siti" Gvardiolaga o'rinbosar topdi
12 SENTYABR, 2024, 13:18
"Manchester Siti" joriy mavsum yakunida bosh murabbiysiz qolishi mumkin.
Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.
Manbaga ko'ra, jamoa ustozi Pep Gvardiola kelasi yozda "shaharliklar"ni tark etishga ahd qilgan. Yulduzli mutaxassis o'rniga Premer-liga chempioni rahbariyati Ispaniya La ligasidan murabbiy taklif qilishi mumkin.
Gap "Jirona" ustozi Michel haqida ketmoqda. Gvardiola 2016 yildan beri «Manchester Siti» bosh murabbiyi hisoblanadi.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.